Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 23.10.2026
GLS — Global Logistics Solutions (glsforward.com, mobil ilova) sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni faqat yuk tashish xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘adi va himoya qiladi. Ushbu siyosat qanday maʼlumot yig‘ilishi, nima uchun ishlatilishi va uni qanday o‘chirishingiz mumkinligini tushuntiradi.
1. Qanday maʼlumot yig‘amiz
Hisob maʼlumotlari: ism, telefon raqami, email. Google yoki Apple orqali kirsangiz — ular bergan ism, email va hisob identifikatori (parolingizni olmaymiz).
Yuk maʼlumotlari: yo‘nalish, yuk tavsifi, hujjatlar, kuzatuv raqami; narx so‘rovlari formasidagi maʼlumotlar.
Haydovchilar: yuk yo‘lda bo‘lganda — faqat haydovchi rozilik bilan ochgan havola orqali joylashuv (GPS).
Mijozlarga xizmat: biz bilan telefon orqali gaplashsangiz, qo‘ng‘iroq sanasi, davomiyligi va xizmat sifati uchun yozuvi saqlanishi mumkin.
2. Maʼlumotdan qanday foydalanamiz
Hisobingizga kirish (SMS kod), yukni qabul qilish, tashish va kuzatish, hujjatlarni rasmiylashtirish, siz bilan bog‘lanish va xizmat haqida xabarlar (SMS). Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.
3. Kimlarga beriladi
Faqat xizmat uchun zarur hamkorlarga: tashuvchilar, bojxona brokerlari va yo‘nalishdagi agentlar (faqat sizning yukingiz bo‘yicha); SMS yuborish — Eskiz.uz; server — Eskiz (O‘zbekiston); sayt hostingi — Vercel. Qonun talab qilsa — vakolatli davlat organlariga.
4. Saqlash va xavfsizlik
Maʼlumotlar shifrlangan aloqa (HTTPS) orqali uzatiladi va O‘zbekistondagi serverda saqlanadi. Xodimlar faqat o‘z vazifasi uchun kerakli maʼlumotni ko‘radi, barcha harakatlar jurnalga yoziladi. Hisob yopilgach maʼlumotlar qonun talab qilgan muddatdan keyin o‘chiriladi.
5. Sizning huquqlaringiz
Maʼlumotlaringizni ko‘rish, tuzatish yoki hisobingizni va maʼlumotlaringizni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin: info@glsforward.com manziliga yozing — 30 kun ichida bajaramiz.
6. Aloqa
GLS — Global Logistics Solutions, Toshkent, O‘zbekiston. Email: info@glsforward.com